Andrey Fyodorov: "Endi biroz hordiq chiqarib olishga vaqt bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
18 avg 2018, 08:40
“Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirdi:

- Biz o'yinga faqat g'alaba qozonishni ko'zlab maydonga tushgan edik. Birinchi bo'limni ikkinchisiga qaraganda ancha yaxshi o'tkazdik. Lekin ikkinchi bo'limda asosiysi gol kiritishga muvaffaq bo'ldik. Bugungi o'yindan keyin endi biroz hordiq chiqarib olishga vaqt bo'ladi. So'ngra chempionatning hal qiluvchi davrasi start oladi, - dedi mutaxassis.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz