Andres Inesta: "Agar "Selta"ni yutmasak, "Real" ustidan qozonilgan g'alaba ahamiyatini yo'qotadi"

Tolibjon Qosimov
28 okt 2013, 19:00
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta "Real" ustidan qozonilgan g'alaba chempionlik baxsida qanday ahamiyatga egaligi haqida gapirib o'tdi.
"Barselona" hali formasining yuqori cho'qqisiga chiqmadi. Sovrinlar yutish uchun mavsum davomida o'yinimizni yaxshilab borishimiz talab etiladi.

"Hozirgi etapda "Real"ning bizdan bir necha ochkoga ortda borayotgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. Lekin madridliklarga qarshi o'yinlar qo'shimcha motivaciya berishi bor gap".

Seshanba kuni "Selta"ga qarshi uch ochko uchun o'ynaymiz. Agar uni yutolmasak, "Real" ustidan qozonilgan g'alaba ahamiyatini yo'qotadi", dedi Inesta.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru