Andrea Ranokkiya: Inter maksimal natijalarni maqsad qilib qo'yadi

Tolibjon Qosimov
2 avg 2013, 15:29
"Inter" himoyachisi Andrea Ranokkiya International Champions Cup musobaqasida "Chelsi" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi bo'limda yoxshi o'yin namoyish etgan bo'lsakda, ikkinchi bo'limda ancha muammolarga duch kela boshladik. Endi o'yinni yanada mukammallashtirish va bunday xatolarga ortiq yo'l qo'ymaslikka urinish lozim. Bunday o'yinlar mashg'ulotlar davomida o'ylab chiqilgan, mashq qilinganlarni amalda qo'llab ko'rishga imkoniyat".

"Maccarrining murabbiylik g'oyalarimi? Ular o'ziga xos. Biz esa ularni tushunishga va ularni maydonda ro'yobga chiqarishga urinyapmiz. Jamoa o'z oldiga maksimal natijalarga erishishni maqsad qilib qo'ygan. "Inter"da har joim maqsad shunday yuqori bo'ladi", deydi Ranokkiya.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru