Andrea Pirlo: “YCHLda diqqatni yo'qotish juda qimmatga tushadi”

Aslanov Jasurbek
24 noya 2020, 09:15
“Yuventus” ustozi YCHL 4-turi doirasida “Ferencvarosh”ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ushbu bahsga optimal tarzda yondashish kerak. YCHLda diqqatni yo'qotish juda qimmatga tushadi. Biz guruhdan chiqishni tezroq hal etib qo'ymoqchimiz. Shunday ekan, ushbu bahs hal qiluvchi bo'ladi. Vengriyadagi dastlabki o'yinda juda yaxshi ko'ringandik, ammo bu safargi bahsda avvalgi o'yin hech qanday rol o'ynamaydi. Dibala sekin-asta holatini tiklab bormoqda, unga vaqt kerak. Ko'ramiz, u o'yinni ilk daqiqalardan boshlay olarmikan. Himoyamizda yo'qotishlar bor. Kim optimal formada bo'lsa, o'shalar maydonga tushadi”, - deydi Pirlo.

“Yuventus”-“Ferencvarosh” uchrashuvi bugun tungi 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA