Andre Villash-Boash: Penalti shubhalantirmoqda

Narzulla Saydullayev
24 apr 2015
Zenit bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Yevropa ligasi 1/4 finali doirasidagi Sevilyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bizning omadimiz kelmadi, Zenit ikkinchi bo'limni ajoyib o'tkazdi. Hisobni 3:1 qilish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Dastlabki daqiqalardagi penaltidan so'ng o'yinga qaytish og'ir bo'ldi. Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik, ammo birgina xato golga olib keldi.

Jamoani qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman, o'z futbolchilarimga ham albatta.

Penaltiga kelsak, u menga shubha uyg'otmoqda. Hakam qoida buzilgan deb hisoblamoqda, men esa shubhalanayapman.

Bugun haqiqiy spektakl guvohi bo'ldik. Gollar urildi, boshqa vaziyatlar bo'ldi. Jamoam kamida qo'shimcha vaqtlarda o'ynashga haqli edi, – deydi Villash Boash.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru