Andre Villash-Boash: "Beylning ketishi "Tottenxem"da jamoaviy o'yinni yaxshiroq yo'lga qo'ishga imkon yaratdi"

2 okt 2013, 21:14
"Anji"ga qarshi kechadigan Yevropa Ligasi guruh bosqichi o'yini oldidan "Tottenxem" bosh murabbiyi "Sport Ekspress" muhbiriga interyu berib, unda Beylning ketishi "Tottenxem" foydasiga ishlaganini aytib o'tdi.
"Garet judayam foydali futbolchi edi. U bir o'zi individual harakatlari evaziga o'yin taqdirini hal qila olardi. Biroq uning jamoadan ketishi bizga jamoaviy o'yinga asosiy e'tiborni qaratish imkonini berdi. Eriksen? Kristian juda istedodli futbolchi. U bizning kelajagimiz", dedi Villash-Boash.

Manba: football.kulichki.net