Andre Gomesh "Barselona"dan o'zini transferga qo'yishni so'radi

Tolibjon Qosimov
10 yanv 2018, 11:31
"Sport.es"ning ma'lumotiga ko'ra, "Barselona"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Andre Gomesh klubdan ketmoqchi.

U JCH-2018 oldidan o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. O'yinchi bu istagini jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde va rahbariyatga aytgan. Gomesh o'zini sotishlarini, hech bo'lmaganda ijaraga berishlarini xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, OAVda o'yinchiga "Tottenxem" qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es