

Bosh hakam – Ekaterina Monzul (Ukraina)
Yon hakamlar – Marina Streleckaya va Svetlana Grushko (ikkisi – Ukraina)
VAR uchun javobgar: Stefani Frappar (Fransiya)
Tarixda ilk bor Angliya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinni ayol kishi boshqarib boradi.
Monzul xalqaro tajribaga ega hakam hisoblanadi. U shu paytgacha Millatlar ligasi, shuningdek, ayollar o'rtasidagi Yevropa chempionati va Ukraina Premer-ligasida faoliyat yuritgan.
Andorra – Angliya uchrashuvi 9 oktyabr kuni o'tkaziladi.



