Andorra 58ta mag'lubiyatdan so'ng nihoyat durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2017
Andorra terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida o'z uyida Farer orollari bilan durang (0:0) o'ynadi.

Shu tariqa, Andorra saralash bahslarida ketma-ket 58 o'yinlik, 11 yarim yil davom etgan mag'lubiyatli seriyaga barham berdi.

2005 yilning 3 sentyabr kuni andorraliklar Finlyandiya bilan durang o'ynashgandi. Shundan keyin Andorra Jahon va Yevropa chempionati saralash bahslarida 11ta gol urib 192ta gol o'tkazdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com