"Andijon"ning sobiq futbolchisi Qozog'istonda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2013, 15:42
O'z vaqtida "Andijon" sharafini himoya qilgan Akbar Xo'jaev faoliyatini Qozog'istonda davom ettiradigan bo'ldi.
U Qozog'iston birinchi ligasi klubi "Gefest" tarkibidan joy oldi. Kuni kecha jamoamiz bu futbolchi uchun "Gefest" klubiga kerakli xujjatlarni jo'natdi. Eslatib o'tamiz, Xo'jaev andijonliklar safida 2012 va 2011 yilgi mavsumlarda to'p surgan. U mana shu ikki mavsumda oliy ligada 16ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini bir bor ishg'ol etgan. Qozog'istonga ketguniga qadar Xo'jaev hech bir jamoa tarkibida o'ynamayotgandi. Uning yangi jamoa Qozog'iston birinchi ligasi debyutanti sanaladi. Ayni paytda "Gefest" 18 jamoa orasida 10-o'rinda bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz