"Andijon": Yangi futbolchilar nechanchi raqamda o'ynashadi?

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014, 14:29
Ikkinchi davrada “Andijon” jamoasi safiga bir qator yangi futbolchilar qo'shilganini aytib o'tgandik.
Mavsumning ikkinchi qismi boshlanish arafasida yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolandi.
 
Aziz Ibragimov, Ayubxon Gapparov, Akbar Xodjaev, Abdulatif Abduqodirov, Abdulaziz Yusupov, Abbos Maxsitaliev va Maksimilian Fomin kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolandi hamda ular ikkinchi davrada “Andijon”da o'tkazishadigan bo'ldi. Shu bilan birga ukrainalik Vitaliy Vizaver va Vyacheslav Shevchenko ham ikkinchi davrada “Andijon”da o'tkazishlari kutilmoqda. Jamoamizning yangi a'zolari nechanchi raqam ostida maydonga tushishlari ham hal bo'ldi. Bunga ko'ra futbolchilarga qo'yidagi raqamlar berildi.

 Abdulatif Abduqodirov  - 15  hujumchi
 Abdulaziz Yusupov - 21  hujumchi
 Akbar Xodjaev  - 24  yar.himoyachi
 Abbos Maxsitaliev  - 31  yar.himoyachi
 Maksimilian Fomin - 41  himoyachi
 Aziz Ibragimov  - 64  yar.himoyachi
 Ayubxon Gapparov - 99  yar.himoyachi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz