

Yig'inning birinchi kunida yangi futbolchilardan birgina Javlon Guseynov ko'rinish berdi. Mavsumning birinchi qismida “NBU-Osiyo” sharafini himoya qilgan Guseynov kecha mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Shundan so'ng murabbiylar unga javob berib yuborgan.
Shu kunlarda tarkibga yana bir nechta yangi o'yinchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Avval xabar berganimizdek, 27 yoshli hujumchi Vyacheslav Shevchenko faoliyatini yana yurtimizda davom ettirishga yaqin. Ukrainalik futbolchi shu kunlarda Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “burgutlar” ikkinchi davraning ilk turini 3 avgust kuni safarda “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadi.



