“Andijon”ning ishqibozlari qishda ayiqni ham o'ynatib yuboradi” – Superliga 24-tur o'yinlari Murod Ismoilov nigohida

Narzulla Saydullayev
4 noya 2021, 10:05
Muxlislarga yaxshi ma'lumki, Superliga o'yinlari nihoyasiga yetishiga ham uchta tur qoldi. Oldinda turgan har bir bahs ishqibozlarni qattiq xayajon ostida ushlab turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Sovrinli o'rinlar uchun kurash qanday jiddiy kechayotgan bo'lsa, autsayderlar poygasida ham intriga yuqori darajada kechmoqda deyish mumkin. Ma'lum muddatlik qisqa muddatli tanaffusdan keyin bugun Superliganing 24-tur uchrashuvlariga start beriladi. Bo'lajak bahslar oldidan marg'ilonlik taniqli murabbiy Murod Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik. O'z vaqtida “Paxtakor”, “Neftchi”, “Qo'qon-1912”, “Metallurg” hamda “Turon” jamoalarida murabbiylik qilgan mutaxassis 24-tur bahslariga qisqacha to'xtalib o'tib, o'z qarashlarini bayon etdi.

AGMK – “Andijon”
Mahorat, infratuzilma, turnir jadvali va xokazolardan kelib chiqsa, AGMK favorit. Lekin “Andijon”ni oxirgi o'yinlarini oladigan bo'lsak, jamoada kayfiyat bor. Qolaversa muxlislari qishda ayiqni ham uynatib yuboradi. Ushbu bahsda VAR tizimi ishlar ekan. Uchrashuvga tayinlangan hakam ham ancha saviyali. Nazarimda o'yin murabbiylar jangiga aylansa kerak. Chunki ikkala jamoa murabbiylari juda sabr qilishni biladigan insonlar. Qaysi jamoa o'z uslubiga, va murabbiyni ko'rsatmasiga amal qilsa, yutib ketishi mumkin.

“Bunyodkor” – “Qizilqum”.
Bu jamoalar ikki xil. Birida maxorat va salobat bo'lsa, ikkinchisida yoshlik, shijoat mujassam. Lekin uyda o'ynagani hisobiga “Bunyodkor”da g'alaba bo'lgan imkoniyat ko'proq.

“Navbahor” – “Metallurg”.
“Navbahor” uyda o'ynaganda, xohlagan jamoani tiz cho'ktira oladi. Agar jamoada kayfiyat yaxshi bo'lsa. Hozir jamoada kayfiyat qandayligini bilmayman. “Metallurg”ga esa ochkolar suv va havodek zarur. Biroz muammo bo'lishi mumkin. Chunki yangi murabbiyni yigitlar qanchalik tushunishadi, murabbiy nimalarga e'tibor beradi bilmadim. Ishonaman, muxlislar ham stadionda dalda bo'lib turishadi.

“Lokomotiv” – “So'g'diyona”.
“So'g'diyona” favorit! Chunki ularni turnir jadvali ham shunga majbur etadi. Axir medallar uchun bunchalik yakin kelmagan edi jamoa.

“Paxtakor” – “Surxon”.
“Paxtakor” muddatidan avval chempion bo'ldi. Yuzaki qarasak ularga kerak emas o'zini qiynash. Murabbiylar mazkur uchrashuvda shu kunga qadar kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan, deyarli o'ynamagan yoshlarni qo'yib o'ynatishi ham mumkin. Lekin ishonamanki, u yerda professionallar bor. Shunchaki o'tkinchi o'yin bo'lmaydi.

“Mashal” – “Turon”.
Xafa bo'lmasalaring, “Turon”ga muxlislik qilaman. Va albatta uning yutishini xohlayman. Biroq bu - o'yin.



Islombek Rustambekov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia