Andijonliklar Qozog'istondagi xalqaro turnirda g'olib bo'ldi

26 okt 2017, 13:57
Avval xabar berganimizdek, Qozog'istonning Chimkent shahrida 2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi.

Unda Andijon viloyatining Bo'ston dahasida joylashgan Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari ham bevosita ishtirok etib qaytdi. Ahamiyatlisi Shoxrux Ishanov va Lochin Guldaev boshqaruvidagi Andijon-IFMI jamoasi musobaqada finalga chiqib, unda mezbonlar yani Chimkentning Ordabasi klubi tarbiyalanuvchilarini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa andijonliklar mazkur xalqaro turnirda g'olib bo'lib, yurtimizga bosh sovrin bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.

E'tiborlisi finaldagi yagona golga mualliflik qilgan Hamidullo Karimov turnirning Eng yaxshi hujumchisi deya diplom va estalik sovg'a bilan taqdirlandi.

“Ordabasi” (Chimkent) – “Andijon-IFMI” 0:1

Gol: Hamidullo Karimov.

Kuni-kecha Qozog'istondan yurtimizga eson-omon qaytib kelgan futbolchilarimizni tantanali ravishda kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.




O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia