“Andijon” yig'iniga tojikistonlik legioner qo'shildi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2020, 15:50
O'z qarorgohida tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini boshlagan “Andijon” tarkibida o'zgarishlar boshlandi.

Kecha jamoa lageriga tojikistonlik futbolchi kelib qo'shildi. 1995 yil tavallud topgan Oybek Abdug'afforov bungacha Tojikiston chempionatida mahalliy “Istiqlol” va “Xo'jand” klublari sharafini himoya qilgan. Markaziy himoya va yarim himoyada birdek o'ynay oladi. Abdug'afforov bungacha Tojikistonning o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida o'ynagan. 

Hozirda u “Andijon” jamoasida ko'rikdan o'tmoqda. Agarda Oybekning xarakatlari murabbiylarga maqul kelsa, o'zaro shartnoma tuziladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia