Andijon yangi mavsumda qaysi stadionda o'ynashi ma'lum

Khoja
11 yanv 2025
Andijon 2025 yilgi mavsumni Bobur arena stadionida o'tkazadi.

Klub stadion bilan tuzilgan shartnomani kecha - 10 yanvar kuni Liga ro'yxatidan o'tkazdi.

Andijon mavsumning ikkinchi yarmidan e'tiboran Chempionlar ligasi II musobaqasi doirasidagi raqiblarini ham Bobur arenada qabul qilish uchun harakatni boshlagan. Bu masalada viloyat hokimligi ish olib bormoqda.

Shunga qaramay, Liga Bobur arena stadioni havo aylanish tizimi yuzasidan o'z xavotirini bildiradi. Stadion chimi aynan avgust va sentyabr oylarida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Parvarish talab darajasida bo'lgan holatda esa chim qolgan oylar davomida o'zining yaxshi holatini ushlab tura oladi.


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl