Andijon viloyati hokimi klub rahbariyatini qabul qildi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2018
Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon futbol klubi vice-prezidenti Marufjon Abdisalomov va bosh murabbiy Eldor Sakaevni qabul qildi.

Bundan ko'zlangan maqsad - ertangi Surxonga qarshi muhim uchrashuv oldidan jamoani kayfiyatini har tomonlama ko'tarish va Superligaga chiqish uchun qo'yilgan vazifani bajarish mas'uliyatini yanada kuchaytirish edi.

Klub vice-prezidenti Marujon Abdisalomov viloyat hokimi bilan uchrashuv chog'ida jamoaga qaratayotgan yuksak e'tibori uchun a'lohida minnatdorchilik bildirib, jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarish yo'lida astoydil ish olib borilayotganini ta'kidlab, tashkiliy ishlar bo'yicha jamoaga barcha shart-sharoitlar yaratib kelinayotganini bildirdi.

Shuningdek bosh murabbiy Eldor Sakaev ham Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan suhbat chog'ida ertangi Surxonga qarshi bahs nechog'li muhim ekanligini jamoaning barcha a'zosi buni chuqur his etib turganini aytib o'tdi. Qolaversa bosh murabbiy davralar oralig'ida tarkibdagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida ayrim chiziqlarga yangi futbolchilarni olib kelish uchun hozirdan muzokara olib borilayotganini ham qo'shimcha qildi.

O'z navbatida Shuhratbek Abdurahmonov bu yil Andijon xalqiga xursandchilik ulashish uchun jamoani Superligaga olib chiqish ustuvor vazifa ekanligini aytib, buning uchun har qanday yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari ertaga Sog'lom avlod stadionida soat 19:00da boshlanadigan Andijon - Surxon uchrashuviga viloyat hokimining shaxsan o'zi tashrif buyurishini aytib o'tdi.
Tabiiyki viloyat hokimi bilan klub rahbariyatining uchrashuvi bo'lajak muhim o'yin oldidan jamoa kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir o'tkazmasdan qolmadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати