"Andijon" "Surxon" yarim himoyachisini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2025, 15:20
Maksim Shackix qo'l ostidagi "Andijon" jamoasi "Surxon" futbolchisini safiga qo'shib oladi.

Gap "Surxon" tayanch yarim himoyachisi Muhammadyusuf Mirqodirov haqida bormoqda.

20 yoshli xavbek ushbu mavsum termizliklar tarkibida 7 o'yinda qatnashdi va aksariyat uchrashuvlarni jarohat tufayli o'tkazib yubordi.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida "Andijon" hujumchisi Rustam Turdimurodov faoliyatini "Surxon"da davom ettirishi haqida ma'lum qilgan edik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia