“Andijon” – “Surxon” uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi

Ma'lumki, ertaga 17 iyun kuni PRO-Liganing 15-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Shubhasiz turning markaziy uchrashuvi Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida kechadi. Unda mahalliy “Andijon” jamoasi Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi. Superligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan ushbu ikki jamoaning to'qnashuvini bemalol 6 ochkoga tenglashtirish mumkin. Chunki ertangi bahs jamoalarning keyingi imkoniyatlariga qaysidir manoda oydinlik kiritib beradi.  
Muxlislar intizorlik bilan kutayotgan mazkur “Andijon” – “Surxon” uchrashuviga kirish xuquqini beruvchi chiptalar savdo kassalarida sotilayotganini ma'lum qilamiz. Ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar narxi bir xilda -3000 so'm qilib belgilangan.
Shunday ekan, qiziqarli va murosasiz tarzda kechishi kutilayotgan o'yinga ishqibozlarni taklif etamiz. Eslatib o'tamiz, uchrashuv kech soat 19:00da boshlanadi.


Manba: "Андижон" матбуот хизмати