

Kelasi hafta birinchi ligada ikkinchi davra o'yinlari start oladi. O'z oldiga elitaga chiqishni asosiy maqsad qilib qo'ygan “Andijon” ikkinchi davraga astoydil hozirlik ko'rmoqda. Usmon Toshev boshqaruvidagi “burgutlar” juma oqshomida o'quv-yig'in chog'idagi so'nggi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Bu safargi raqibimiz mahalliy – “UzDongJu” jamoasi bo'ldi. Garchi o'rtoqlik uchrashuvi maqomidagi bahs bo'lsada, o'yin haqiqiy derbiga mos tarzda o'tdi deyish mumkin. Tajriba va mahorat bobida anchagina ustun bo'lgan “Andijon” yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Asosiysi bahs mobaynida har ikkala jamoa murabbiylari ham qo'l-ostidagi futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib oldi.
04.08.2017 yil
Nazorat uchrashuvi.
“Andijon” – “UzDongJu” 3:1.
Bo'ston. “BO'FM” stadioni.
Hakam: Shamshir Qo'ldoshev.
Gollar: Akmal Xolmatov, Ibrohim Otaxonov, Maqsud Mahmudov – Ozodbek Komilov (pen).
“Andijon”: Akmal Ortiqov, Ravshan Aslanov, Farhod Bekmuratov, Furqat Hasanboev, Abdulaziz Yoqubov, Akmal Xolmatov, Ibrohim Otaxonov, Sobir Hamidov, Avaz Olimjonov, Anvar Berdiev, Firdavs Asadov.
Zaxiradan tushganlar: Dilmurod Mahmudov, Qahramon Mahamadjonov, Baxtiyor Qosimov, Farrux Bekmuratov, Alisher Abduvohidov, Rafik Karimov, Jahongir Mahsudov, Shahboz Jumaboev, Oybek Nurmatov, Maqsud Mahmudov, Farrux Mirzaev.
“UzDongJu”: Dilmurod Mamayusupov, Jo'rabek Yoqubov, Asror Rahmonov, Aziz Qayumov, Aziz Mahmudov, Fehruz Solohiddinov, Oybek Ahmatov, Bahodir Qodirov, Asilbek Azizov, Suhrob No'monov, Ozodbek Komilov.
Zaxiradan tushganlar: Ilyos Ismoilov, Abdurahmon Komilov, Usmonali Ismonaliev, Solohiddin Solohiddinov, Islom O'rmonov...
"Andijon" matbuot xizmati.



