"Andijon" safiga bolgariyalik futbolchi kelib qo'shiladi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2021, 13:59
"Andijon" jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

Jamoaning yangi mavsumga olib borayotgan yig'iniga bolgariyalik Plamen Dimov kelib qo'shiladi. U joriy mavsumda "Andijon" sharafini himoya qilishi kutilmoqda. Futbolchi ertaga klub ixtiyoriga yetib keladi va mashg'ulotlarni boshlaydi.

Ma'lumot o'rnida takidlash joiz, 1990 yilda tug'ilgan Dimov bunga qadar faoliyati davomida Bolgariyaning "Chernomorec", "Levski", "Botev", "Cherno more" va Qozog'istonning "Qaysar", "Shaxtyor", "Altay", "Oqjetpes" klublarida to'p tepgan. 




Reklama 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати