Andijon Ruslan Melzitdinov va Boburjon Omonovni o'z tarkibiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2019, 21:44
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan Andijon jamoasi selekciya ishlarini jadal suratda olib bormoqda.

Himoya chizig'idagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida  Boburjon Omonov taklif etildi.

Mahoratli himoyachini muxlislar yaxshi bilishsa kerak bungacha asosan Buxoro jamoasida o'ynab kelayotgandi. Bugun Omonov burgutlar bilan rasman kelishuvga erishdi va shu tariqa joriy mavsumni Andijonda o'tkazadigan bo'ldi.

29 yoshli futbolchi universal hisoblanib, mudofaa chizig'ining istalgan chizig'ida birdek o'ynay oladi.

Ma'lumot uchun, Boburjon Omonov o'tgan mavsum Buxoro tarkibida 22ta o'yin (jami 1915 daqiqa) o'tkazib, 1ta gol va 4ta sariq kartochka qayd etgan.
 


Andijonning navbatdagi xaridi - Ruslan Melzitdinov. Tajribali futbolchi o'tgan mavsum Jizzaxning So'g'diyona jamoasida o'ynagandi.

Futbolchilik faoliyati davomida, Neftchi, Bunyodkor, Buxoro, Qo'qon-1912, Sho'rtan hamda So'g'diyona kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Melzitdinov shu kunga qadar O'zbekiston Oliy ligasida (hozirgi Superliga) 200ga yaqin rasmiy uchrashuvda maydonga tushganini etirof etish lozim.

Shuningdek u o'z vaqtida O'zbekiston yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoa tarkibida ham rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etgan.

Ruslan bundan tashqari ikki bor o'zini xorij klublarida sinab ko'rgan, xususan Qozog'istonning Jetisu va Eronning Naft MIS jamoalarida ma'lum muddat faoliyat yuritib qaytgan.

1985 yil Farg'ona viloyatining, Qo'qon shahrida tavallud topgan futbolchi so'nggi yillarda maydonda markaziy himoyachi vazifasini bajarib kelmoqda.

Bugun Andijon va Ruslan Melzitdinov o'rtasida rasman kelishuvga erishildi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати