Ruslan Melziddinov Eron chempionatida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2014, 18:07
Hamyurtimiz Ruslan Melziddinov faoliyatini Eronda davom ettiradi.
Bu haqda isna.ir xabar berdi. 2014 yilgi mavsumni "Neftchi"da o'tkazgan Melziddinov yaqinda klubni tark etgani haqida xabar bergandik.

Bugun o'zbekistonlik futbolchi Eron pro-ligasi ishtirokchisi "Naft Masjid Sulaymon" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Ushbu klub 17ta turdan so'ng musobaqa jadvalining 15-pog'onasida bormoqda.

Eslatib o'tamiz, bir necha oy oldin Eronning "Padideh" klubi safiga hamyurtimiz Bahodir Nasimov qo'shilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia