“Andijon” o'z safiga ikki “qaldirg'och”ni qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2018, 14:02
Ayni damda Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Andijon” jamoasi o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.

Xususan, “burgutlar” Toshkentning “Bunyodkor” yoshlar jamoasidan darvozabon Javohir Qilichev bilan yarim himoyachi Doniyor Abdumannopovni o'z tarkibiga qo'shib olgan.  
Ushbu futbolchilar asli Andijon futboli tarbiyalanuvchilari ekanligini aytish lozim. Bundan bir necha yil oldin “qaldirg'ochlar”ning selekcionerlari Qilichev va 

Abdumannopovni iqtidorini o'z vaqtida payqab, “Bunyodkor”ga taklif etgandi. Endilikda ushbu iqtidorli futbolchilar “Andijon” sharafini himoya qiladi.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia