Andijon noxush seriyaga chek qo'ydi, Surxonda esa aksincha…

Khoja
17 mar 2024
Kecha Surxon Superliganing 3-turida Andijonga mag'lub bo'ldi.

Ushbu g'alabani andijonlik muxlislar 21 yil kutishlariga to'g'ri keldi. Gap shundaki, burgutlar shuncha vaqtdan buyon safarda Surxonni mag'lub qila olishmayotgan edi. Bunday voqea so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda ro'y bergan edi (0:1).

Surxondaryo jamoasi esa o'zining antirekordini o'rnatdi. Termizlik futbolchilar ilk bor chempionatning dastlabki 3 turida ochko ola bilishmadi.


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl