Andijon: Neftchiga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2017, 10:16
Yaqinda Toshkentdagi so'nggi tayyorgarlik yig'inini yakunlagan Andijon a'zolari ikki kunlik dam olishdan so'ng o'z qarorgohida yig'ildi.

Futbolchilar dushanba kuni tushlikdan so'ng klub qarorgohiga yetib keldi va tiklanish mashqlarini bajardi. Bugundan esa kuniga yana ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazilmoqda. Ma'lumki, 25 mart shanba kuni burgutlar o'z maydonida Neftchini qabul qiladi. O'zbekiston Kubogi 1/16 final bosqich o'yiniga bo'lgan tayyorgarlik avjida. Shu kuni Andijonda futbol mavsumining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Bo'lajak vodiy derbisi Sog'lom avlod stadionida soat 15:00da boshlanadi. Ishqibozlarni qiziqarli va murosasiz ruh ostida kechishi kutilayotgan uchrashuvga taklif etib qolamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcandijon.uz