"Andijon", "Neftchi", "Bunyodkor" sobiq futbolchilari "Xorazm"da

Iskandarov Abdulaziz
21 yanv 2025, 09:30
Superliga yo'llanmasini deyarli hal qilgan "Xorazm" selekciya ishlarini olib bormoqda.

Jamoaning Toshkentda davom ettirayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida bir qator tajribali futbolchilar ishtirok etayotganini aytishimiz mumkin. O'tgan mavsumni "Andijon"da o'tkazgan Ilhom Alijonov, Sunnatilla Abdullajonov, "Neftchi", "Buxoro", "Surxon" sobiq darvozaboni Sardor Qobuljonov, kiper Akobir Qayumov jamoa bilan birga shug'ullanmoqda. 

Ma'lumot uchun, "Xorazm"ning uchinchi bosqich yig'ini 1 fevralgacha poytaxtda bo'lib o'tadi. Jamoaning rejasidan xorijga chiqish ham o'rin olgan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia