Andijon - Nasaf uchrashuviga Munisa va Rayxon keladi

18 apr 2019, 01:06
Xabar berib o'tganimizdek, ertaga Andijon shahridagi “Sog'lom Avlod” stadionida ”Andijon” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan rekonstrukciya qilingan “Sog'lom Avlod” stadionining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Ushbu tadbirda yurtimizning ko'zga ko'ringan sanatkorlari – Rayxona G'anieva, Munisa Rizaeva, Jasur Umirov va yana bir qator mehmon sanatkorlar ishtirok etishadi.

Stadionning tantanali ochilish marosimi soat 16:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia