

"O'yinga keladigan bo'lsak, g'alaba zarur edi. Buning uddasidan chiqdik. Keyingi mavsumga qattiq tayyorgarlik ko'ramiz. Bunday vaziyatga boshqa tushmaslikka harakat qilamiz",- deydi Elyor Rahmatullaev.
- Jamoa uchun mavsum barqaror o'tmadi. 2 ta murabbiy almashdi. Oxirida pley-offga tushib qolishi ham mumkin edi...
- Mavsum biz uchun og'ir keldi. Aleksandr Xomyakov, Maksim Shackixlarni ham mehnati bor. Lekin ular yomon natija qilmadi. Biz shu holatga kelishimizga o'zimiz sababchi bo'ldik.
- "Andijon" 3 xaftadan so'ng OCHL-2 uchrashuvida o'ynaydi. Bu vaqt ichida jamoa yig'in o'tkazadimi?
- Hozir yigitlarga 3-4 kun dam beramiz. Keyin o'zimizning qarorgohimizda yig'in olib boramiz.
- Qiyin g'alaba bo'ldi. Ikkinchi bo'limda Usmonali Ismonaliev gol urdi. Bu g'alabaning asosiy negizi nimada deb o'ylaysiz?
- Asosiy negizi yigitlar birdamlikda birga harakat qilishdi. Bizga oxirgi kunlarda qiyin vaziyatdan chiqishimizga Samvel Babayan yordam berdi. Ularga ham katta rahmat. Shu paytgacha boshqargan murabbiylarga ham minnatdorchiligimni bildiraman.



