“Andijon” ham yig'inni boshladi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015, 17:33
Avval xabar berganimizdek, andijonliklar 10 dekabrdan tayyorgarlikni boshladi.

Hozircha mashg'ulotlar kuniga bir mahaldan bo'lib, unda asosan mahalliy futbolchilar ekanligini takidlash lozim. Asosiy yig'in 20 dekabr kuni boshlanadi va shu kuni boshqa viloyatdagi futbolchilar ham jamoa ixtiyoriga yetib keladi. Andijon shahridagi Sho'rbuloq dahasida joylashgan “Futbolga ixtisoslashtiril maktab-internati”ning maydonida o'tayotgan mashg'ulotga murabbiylar – Nozim Mullaoxunov bilan Vitaliy Legay boshchilik qilmoqda. Tarkibdagi o'zgarishlar hozircha rasman tasdiqlangani yo'q. Lekin katta extimol bilan Eldor Isaboev, Umrillo Ramazonov, Iqbol Akramov, Rustam A'zamov, Asqar Jadigerov, Abdumalik Abdullaev kabi futbolchilarning jamoa bilan xayrlashishi kutilmoqda. Bosh murabbiy masalasi ham hozircha mavhum turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia