Andijon FIFA kunlarida Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Khoja
21 mar 2024, 08:51
Ayni paytda FIFA kunlari boshlanganligi munosabati bilan chempionatimizda ham kichik tanaffus yuzaga kelganligini yaxshi bilasiz.

 Andijon jamoasi esa 19 mart sanasidan boshlab o'z qarorgohida keyingi turda bo'lib o'tadigan Nasafga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikka kirishgan.

Mazkur uchrashuv 30 mart kuni bo'lib o'tadi. Ushbu o'yingacha biroz muddat borligi uchun orada o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shuning asnosida Andijon 23 mart kuni Bobur Arenada Qirg'iz Respublikasi U-20 terma jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv soat 16:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: andijanfc.uz