
Andijon viloyat futbol federatsiyasining birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov Andijon futbolida yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan sobiq futbolchilar Rasul Raxmonov, Lochin Soliev va Rahim Qodirovlar bilan birgalikda Andijon shahridagi bolalar shaharchasiga tashrif buyurishib bu yerda tahsil olayotgan yosh futbolchilar bilan uchrashdi. Tashrifdan xursandchiligini yashirmagan yosh futbolchilar viloyatning taniqli futbol yulduzlari bilan birga maxorat saboqlarini namoyish etishdi. Tadbir so'ngida viloyat futbol federatsiyasi tomonidan yosh futbolchilarga estalik sovg'alar, futbol to'plari va sertifikatlar topshirildi.
Andijon viloyat futbol federatsiyasi matbuot xizmati.


