Andijon bir qator futbolchilarini ijaraga berdi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2018, 08:25
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik olib borayotgan Andijon tarkibida mavsumlar oralig'ida e'tiborga molik o'zgarishlar amalga oshirildi.

Jamoa transfer oynasini yopganini ma'lum qildi. Bosh murabbiy tomonidan tanlab olingan, 25 nafar futbolchi O'zPFLning ro'yxatidan o'tkazib bo'lindi. Aytish kerakki, tarkibda yuzaga kelgan raqobat tufayli zaxirada qolib ketishi kutilgan ayrim umidli futbolchilar rahbariyat va murabbiylar shtabining qaroriga muvofiq, boshqa jamoalarga ijaraga berildi. 

Xususan himoyachi Qahramon Mahamadjonovga Farg'onaning Istiqlol jamoasi qiziqish bilan chiqqach, 28 yoshli futbolchi ushbu jamoaga bir yil muddatga ijaraga berildi. Undan tashqari andijonlik iqtidorli futbolchilar - Baxtiyor Qosimov bilan Jahongir Mahsudov Pro-liganing B guruhida ishtirok etuvchi Xotira-79 jamoasiga ijaraga berildi.  Ushbu futbolchilar birinchi davrada yanada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib, o'yin saviyasini oshirsa, keyinchalik yana Andijonga qaytishi mumkin. Andijon futbol klubi yuqorida nomlari keltirib o'tilgan futbolchilarning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.

Andijon matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia