Andijon - akademiyasi xalqaro turnirda kumush medal sohibi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2019, 09:44
Yoz, o'tmoqda soz. Qirg'izistonning Issiqko'l viloyatida 2005-2006 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlardan tashqari O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda Tojikiston davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etdi. BIG CUP ISYK-KUL nomli musobaqada o'zbekistonlik yoshlar faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Aniqrog'i Shoxruh Ishanov boshqaruvidagi AFA-SGS-2005 jamoasi o'z tengqurlariga qarshi kechgan o'yinlarda ijobiy natijalar qayd etib, yakunda 2-o'ringa ega chiqdi.

Ahamiyatlisi Andijon akademiyasining yana bir jamoasi, Lochin Guldaev murabbiyligidagi AFA-SGS-2006 ham 2006 yillarda tavallud topgan futbolchilar ishtirokidagi musobaqada kumush medallariga ega chiqdi. Shu tariqa andijonlik yosh futbolchilar xalqaro turnirda sovrindorlar qatoridan joy egallab, o'z uyiga kumush medallar bilan qaytib keladigan bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia