"Andijon" 8 yillik qora ananaga chek qo'yadimi?

Iskandarov Abdulaziz
4 may 2024
Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi bugun Superliganing 6-turida o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi.


"Burgutlar" uyda 8 yildan buyon raqibini mag'lub eta olmayapti. Ular so'nggi marotaba 2016 yilgi mavsumning 6-turida Andijonda "So'g'diyona"dan ustun kelgan. Keyingi 4 ta o'yinda 3 ta durang, 1 ta mehmonlarning g'alabasi qayd etilgan. 

Superliga-2016. 

3.04.2016. Andijon. "Sog'lom avlod" stadioni

"Andijon" - "So'g'diyona" 3:0 

Gollar: Nemanya Yovanovich 43, 47, Anvar Berdiev 60 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia