Ander Errera: "Rostov"dan o'tishni istasak, biroz qo'shishimiz kerak"

Tolibjon Qosimov
10 mar 2017, 11:59
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera Yevropa ligasi 1/8 finali doirasida "Rostov" bilan qayd etilgan durang (1:1)ni izohlab o'tdi.

"O'yinni nazorat qildik. Maydon holati yomon bo'lgani uchun shunday o'yin ko'rsatdik. Endi hammasini javob o'yini hal qiladi.

"Rostov"da ko'pgina yaxshi futbolchilar bor. "Old Trafford"da ham oson bo'lmaydi, chunki raqib o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga intiladi. "Rostov"dan o'tishni istasak, yana biroz qo'shishimiz lozim", - deydi Errera.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru