Anchelottining o'g'li bosh murabbiy bo'lishi mumkin

Alisher Ostonov
11 may 2025
Davide Anchelotti mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin.

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li "Reynjers" ustozi bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, italiyalik murabbiyga Ispaniyaning nomi oshkor etilmagan ikki klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Davide Anchelotti 2021 yil yozidan beri otasining "Real"dagi yordamchisi hisoblanadi. U Karlo bilan birga "Everton", "Napoli", "Bavariya" va PSJ klublarida ishlagan.

Avvalroq, "Real" tez orada Karlo Anchelottining iste'fosini e'lon qilishi xabar qilingandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira