Anchelottining Braziliya bilan kelishuvi barbod bo'lishi mumkin, Nega?

Khoja
30 apr 2025, 07:58
Braziliya va Karlo Anchelotti o'rtasidagi kelishuv bekor bo'lishi mumkin.

Relevo xabariga ko'ra, Real Madrid murabbiyni iyun iyul oylarida AQSHda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha qo'yib yuborish niyatida emas. Bu Braziliya Futbol Konfederatsiyasining (CBF) rejalariga zid, chunki rahbariyat iyun oyidagi o'yinlarga yangi murabbiy topishni maqsad qilgan. Shu sababli tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Endi katta ehtimol bilan Braziliya terma jamoasi Al Hilol bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Relevo