Anchelottiga Braziliya termasida kimlar yordam berishi ma'lum

Khoja
16 may 2025
Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rio-de-Janeyroda istiqomat qiladi.

Murabbiy o'zi bilan to'rt nafar mutaxassisni olib keladi, deya xabar bermoqda TNT Sports Brasil.

Qayd etilishicha, italiyalik murabbiyning shtabida Franchesko Mauro (yordamchi), Beniamino Fulko (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy), Simone Montanauro (tahlilchi), shuningdek, o'g'li Davide Anchelotti bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 65 yoshli mutaxassis mavsum yakunidan so'ng Braziliya termasiga ustozlik qilishni boshlaydi.


KhojaMuallif
Manba: TNT Sports Brasil