Anchelotti yozda sotib olish kerak bo'lgan to'rt nafar futbolchi nomini aytdi

Khoja
25 apr 2025, 10:54
Real Madrid rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan qaymoqranglilar yozda sotib olishi kerak bo'lgan futbolchilar haqida fikr so'radi.

Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis himoyachi va yarim himoyachi poziciyalarini kuchaytirish zarurligini ma'lum qilgan. Anchelotti Angliya chempionatida to'p suradigan to'rt nafar futbolchi nomini aytgan: Vilyam Saliba, Manuel Akanji, Aleksis Makallister va Sandro Tonali.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Sport.es