Anchelotti Xamesning maydonga tushish uchun "Everton"ga o'tganini tan oldi

Alisher
13 noya 2020, 15:10
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xames Rodrigesning "ko'klar" safiga o'tgani haqida gapirdi.

Italiyalik murabbiy kolumbiyalik futbolchining o'ynash uchun "Everton"ga o'tganini tan oldi.

"Avvalo u "Real"dagidan ko'ra ko'proq maydonga tushadigan klubni qidirdi. Uning Madridda kam o'ynagan paytlari bo'ldi. O'ynashni xohladi. 

U o'ziga to'g'ri keladigan joyni topdi deb o'ylayman, sababi u meni, men esa uni bilaman. "Everton" yaxshiroq bo'lishni xohlaydi, klubning katta loyihasi bor", - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal