Anchelotti “Vest Xem”ga rad javobini berdi

15 may 2018, 22:15
“Vest Xem” rahbariyati italiyalik murabbiy Karlo Anchelottini o'z safiga chorlagandi.

Anchelottini jamoani tark etayotgan Devid Moyesni o'rniga taklif qilishgandi, ammo italiyalik mutaxassis ingliz klubiga rad javobini berdi.

Italiya OAVlarining tasdiqlashicha, Anchelotti allaqachon “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis bilan kelishuvga erishgan va o'ziga Neapoldan uy izlamoqda.

“Napoli”ning ayni paytdagi ustozi Mauricio Sarri ushbu hafta oxirida klub prezidenti bilan uchrashadi va shundan keyin uning keyingi taqdiriga oydinlik kiritiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia