Anchelotti: "Vafot etgan do'stim uchun kitob yozdim"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2016, 11:04
18 sentyabr kuni Myunxenda "Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining avtobiografiya kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

Italiyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, u kitobni vafot etgan do'sti, "Milan" va "Fiorentina"ning sobiq hujumchisi Stefano Borgonovo uchun yozgan.

"Bu kitobni vafot etgan do'stim uchun yozdim. U 2013 yilda olamdan o'tgan" - deydi Anchelotti.

2008 yilda Borgonovoda amiotrofik skleroz (sekin rivojlanadigan, falajga olib keladigan va davolab bo'lmaydigan kasallik) aniqlandi. Stefano kurashdi, ammo kasallik rivojlanib bordi va natijada u vafot etdi. Anchelotti bu kitob ushbu kasallikka qarshi kurashga qo'shilgan xissa bo'lishini istaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild