

Bahsdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin tempi menga yoqdi, hujumkor planda juda yaxshi o'ynadik. Biz jamoa yaxshi ishlay boshlaganini his qilyapmiz. Mavsum oldi yig'inni 15 iyulda boshlaganlar yaxshi ko'rinmoqda.
Ertaga qolganlar ham klub ixtiyoriga yetib keladi va biz 9 avgustdan "Atalanta" bilan bellashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Superkubok haqida o'ylash vaqti keldi", - dedi "Real" ustozi.




