Anchelotti: "Ronaldu - jamoada yetakchi va yana "Oltin to'p"ni yutishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2015, 13:44
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronalud nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Ronaldu jamoaning yetakchilaridan biri hisoblanadi. U jamoadoshlari va yoshlar bilan ko'p suhbatlashadi. Agar Ronaldu shu ruhda o'ynashda davom etsa, uni qachongacha futbolda qolishini hech kim ayta olmaydi. Krishtianu yana "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga ishonaman. Jamoa unga jahonda eng yaxshi bo'lishi uchun yordam beradi" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com