Anchelotti "Real"ning yangi tizimi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
26 sen 2023
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'zi ishlatayotgan yangi tizim haqida gapirdi.

"Men nima qilishim kerakligini bilaman, o'z navbatida futbolchilar ham nimalar qilishlari kerakligini bilishadi. Bilamiz, yangi tizim hozircha ideal holatda emas. Biroq bu tizim orqali biz yaxshiroq pressing qilishimiz va ko'proq kuchga ega bo'lishimiz mumkin. Yarim himoyachilar ko'proq yugurishadi va himoyaga ham yordam berishadi.

Modrich va Kroosning o'rni? Ular istalgan tizimda muammosiz o'ynay olishadi. O'tgan mavsumda ular buni bir necha marta isbotlashgan", - dedi Anchelotti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca