Anchelotti: "Murabbiyni ishdan bo'shatish oson"

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Almeriya"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz. "Almeriya" kurashchan jamoa. Yaqinda ularning bosh murabbiyi almashdi. Bu futbolchilarga qo'shimcha mas'uliyat yuklaydi. "Real" hozir o'zining yaxshi sport formasida. O'yin qiziqarli kurashlarga boy bo'ladi. O'ylaymanki, hammasi joyida.
"Almeriya" bosh murabbiyini iste'fosi haqida? Butun jamoani almashtirgan ko'ra murabbiyni ishdan bo'shatish osonroq. Fransisko Rodrigesni iste'fosini bir tomondan kutmagandim. Ikkinchi tomondan olib qaralganda bu tabiiy holat. Murabbiylik ishi oson emas. Iste'folar futbolning bir bo'lagi.

Manba: soccer.ru