Anchelotti Italiya terma jamoasini boshqarishni istamadi

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2017, 20:39
Bavariyaning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya terma jamoasi bosh murabbiylik lavozimini rad etdi.

58 yoshli murabbiy bilan muzokaralar ikki kun davom etdi. Italiya futbolida islohotlar boshlanmagunicha, Anchelotti terma jamoani boshqarmoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, Jampero Ventura Italiyani JCH-2018ga olib chiqa olmadi va bosh murabbiylik lavozimidan ozod etildi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Radio Deejay