Anchelotti Gamshikka bog'liq ma'lumotni tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2019
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin.

So'nggi kunlarda Xitoy matbuotida Gamshik Xitoyning "Dalyan Aerbin" klubi bilan muzokara o'tkazayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Neapol klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu ma'lumotni tasdiqladi.

Xitoy klubi Gamshik uchun "Napoli"ga 25 mln. evro to'lashga tayyor. Futbolchiga esa 9 mln. evrolik bitim taklif qilinmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ChineseFooty