Anchelotti YCHL finalida "Real" darvozasini kim qo'riqlashi haqida gapirdi

Tolibjon Qosimov
28 may 2024
1 iyun kuni Yevropa Chempionlar ligasi finali bo'lib o'tadi.

Unda "Real" va "Borussiya D" jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Hal qiluvchi bellashuv oldidan madridliklar ustozi Karlo Anchelotti finalda darvozani kim qo'riqlashi haqida gapirdi.

"Posbonlarimizning ikkalasi ham finalda o'ynashga munosib bo'lishdi. Lunin ajoyib o'yin namoyish etmoqda, Kurtuani esa qay darajada ekanligini hammamiz bilamiz. O'ylashimcha, yakuniy qarorni o'yindan oldin qabul qilaman. Ularni bittasi maydonga tushadi, ikkinchisi zaxirada o'tiradi - shunisi aniq.

Lunin zo'r mavsumni o'tkazmoqda. Bugun uning issig'i chiqdi, lekin shanbaga u tiklanadi. Plyus bizda dunyoning eng zo'r darvozaboni (Kurtua) ham bor.

Menga tortishuvlarni eshitish yoqadi (kim o'ynashi haqidagi). Bu hafta men ularni eshitaman va o'z ishimni qilaman. Bu menga yoqadi, agar kim o'ynashini aytib qo'ysam tortishuvlar to'xtab qoladi", - dedi yuzida tabassum bilan Anchelotti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-espana.net